TADBIRKORLAR TAKLIFLARI QO‘LLAB-QUVVATLANDI, MUAMMOLAR YEChIMIGA E’TIBOR QARATILDI

 
Bugun Xorazm viloyati prokurori Muradxon Axmedovning Qo‘shko‘pir tumani katta majlislar zalida tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
 
Uchrashuvda 150 nafardan iborat nafaqat qo‘shko‘pirlik tadbirkorlar, shuningdek, boshqa tumanda istiqomat qiluvchi tadbirkorlar ham o‘z murojaatlari, muammo va takliflari bilan qatnashdilar.
 
Prokuror va tadbirkorlar uchrashuvida sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari ishtirok etidilar.
 
Fuqarolar tomonidan turli mazmundagi 42 ta murojaat bildirildi. Murojaatlarning 11 tasi shu yerning o‘zida ijobiy yechimini topdi, 31 ta murojaatning ijobiy yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi, ijrosi nazoratga olindi.
 
QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI

Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари