TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILDI
Har haftaning payshanba kuni Qo‘shko‘pir tumanida “Profilaktika kuni” munosabati bilan IIB xodimlari tomonidan joylarda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish, tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni yanada mustahkamlash borasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Tadbirlar doirasida mahallalarda, ta’lim muassasalari hamda korxona va tashkilotlarda aholi bilan yaqindan suhbatlashish, tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Bugun 4-son IDUM da ta’lim olayotgan o‘quvchilar ishtirokida ana shunday targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Unda tuman IIB xodimlari tomonidan tumanda jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritilib, keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
QO‘SHKO‘PIR TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI