Targ‘ibot tadbiri
“Probatsiya va prof hisobdagilar” oyligi munosabati bilan Qo‘shko‘pir tuman IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turib jazo o‘tayotgan shaxslar bilan tuman IIB boshlig‘i O‘.B.Xusainov uchrashuv o‘tkazib, unda nazorat ostida turgan shaxslarga jazo muqarrarligi, nazorat bundanda kuchaytirilishi, qonun ustuvorligi to‘g‘risida tushuntirildi.
Jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilinishi, yoshlar tomonidan jinoyat sodir qilinishini oldini olish, jinoyat sodir qilishga moyil shaxslarni qayta jinoyatga yo‘l qo‘ymasliklari uchun ular bilan alohida ishlash to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.