Targ‘ibot va tashviqot ishlari davom etadi...
Qo‘shko‘pir tumanidagi barcha maktablarda payshanba-huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan voyaga yetmaganlarning nazoratsiz qolishi, ular orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, dars jarayonida o‘qishga bormasdan bemaqsad yurgan, tungi vaqtlarda internet-kafe va ko‘ngilochar maskanlarda vaqt o‘tkazayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash va ularni o‘qishga qaytarish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Tig‘ (sovuq qurollar)”, “Davomat” va “Xavfsiz bola” profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkakzilgan mazkur tadbirlarda voyaga yetmagan yoshlarga mavzu yuzasidan tushuntirishlar berib borildi.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi KTMP ruhiy kasalliklar shifokorlari bilan kasallikning "D" hisobida turgan ruhiy kasallikka chalingan bemorlarni davolash, shifoxonaga joylashtirish masalalari yuzasidan suhbatlar tashkil qilinmoqda.
Barcha maktablarda IIB xodimlari tomonidan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI