Tergov sudyasi – davr talabi
Darhaqiqat, yurtimizda so‘ngi paytlarda sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar zamirida “Inson qadri uchun” tamoyili asosida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatini kuchaytirish ya’ni, insonlarni sud-huquq tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli, istiqbolni ko‘zlab “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilab qo‘yilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, sudlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2024 yil 10 iyundagi PF-89-sonli farmoniga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyalari ish faoliyatini boshladi. Yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, hayotdan rozi bo‘lib yashashlari, huquq va erkinliklari kafolatli ta’minlash eng oliy maqsadlardan biri ekanligi fikrimizning yorqin ifodasi desak ajab emas.
Ushbu farmonga muvofiq tergov sudyasi lavozimiga yuqori malakali, o‘z kasbiga fidoyi, teran tafakkurli mas’uliyat hissi bilan yondashadigan, halol va vijdonan vazifasini sidqi dildan ado etadigan tergov sudyasi o‘z faoliyatini mustaqil faqat qonunga bo‘ysungan holda odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalar shuningdek, tergov sudyalariga ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ham yuklatilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyalari jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalalari — qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, qamoqda saqlash yoki uy qamog‘i muddatini uzaytirish, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish, murdani eksgumatsiya qilish, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash, tintuv o‘tkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommknikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish haqidagi, mol-mulkni xatlash to‘g‘risidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish, ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lish muddatini uzaytirish, ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan uzaytirish, prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlash to‘g‘risidagi iltimosnomalarini ko‘rib chiqadi.
Yurtimizda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolatni, fuqarolarning tinchligi va totuvligini kafolatli ta’minlash, yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini sud yo‘li bilan samarali himoya qilish barobarida o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni adolatli va xolisona bajarishga, shu bilan bir qatorda
jamiyatimizda tergov sudyasini joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali ishonchli ta’minlash tergov sudyalarining zimmasiga yuklatilganligi aholining sud-huquq sohasiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga zamin yaratadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir
tuman sudining tergov sudyasi B.Ruzmetov