Vatan taqdiriga barchamiz birdek mas’ulmiz,

Yoshlarni harbiy xizmatga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, qalbida yurtga mehr, sadoqat tuyg‘ularini yanada jonlantirish maqsadida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bugun Qoʻshkoʻpir tumanidagi 10-son Bolalar va musiqa san’at maktabida “Vatan taqdiriga barchamiz birdek mas’ulmiz”, “Vatanparvarlikni o‘zimizdan boshlashimiz kerak!” shiorlari ostida amaliy oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻulotlarida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan o‘t o‘chirish avtomobilida mavjud yong‘in o‘chirish anjomlari namoyishi, harbiylarning qurol-aslahalar koʻrgazmasi, Qoʻriqlash boʻlimining vazifalari va mashgʻulotlari oʻrgatildi hamda amaliy tarzda koʻrsatib berildi.

Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi ham boʻlib oʻtdi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари