XALQ MANFAATI YO‘LIDA...
Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha go‘shalarida yurt obodligi borasida ko‘ng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini, bu esa insonlarning buguni va ertangi kuniga ishoch bilan boqib, go‘zal hayot tarzida yashashga oshiqayotganliklarini ham guvohi bo‘lmoqdamiz.
Qo‘shko‘pir tumanida “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturlari doirasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Ayrim ko‘cha va xonadonlarda ishlar qizg‘in davom etmoqda.
Mahalla ko‘chalariga nafosat va ko‘rk bag‘ishlash maqsadida dov-daraxtlarga shakl berilib, oqlandi, uylarning fasad va tom qismlari ta'mirlandi, ko‘chalar, xonadonlar obod bo‘ldi.
QO‘SHKO‘PIR TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI