XALQNING O'LMASLIGI- UNING TILIDA

Millatlarni millatlardan ajratib turadigan asosiy belgi ularning tili hisoblanadi. Millat bor ekan uning tili ham yashaydi. Til - bu xalqning ruhi va uning egasi - bu xalqning o‘zi. Xalqning o'lmasligi- uning tilida. Milliy til  - hech bir millatni tasavvur qilib bo'lmaydigan tarixdir.

Bu haqda o‘zbek tilining keng imkoniyatlarini, uning boyligi, moslashuvchanligi va nafisligini namoyish etib, yuksak lirikaning ajoyib namunalarini yaratgan bobomiz Alisher Navoiy yozgan.

     1989-yil 21-oktabr kuni O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashi sеssiyasining muhokamasidan so‘ng o‘zbеk tili davlat tili dеb e’lon qilindi va bu tarixiy hodisa mustaqillikdan ikki yil oldin ro‘y bеrdi. Bu ulug‘ maqsadga erishish va tarixiy voqеlikning ro‘yobga chiqarilishida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prеzidеnti Islom Karimov bеvosita rahbarlik qilganlar.

     Shundan keyin, hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2020-yil 10-apreldagi “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi 615-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan “21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni” etib belgilandi. Mana uch yildirki, O‘zbek tili bayrami kunini umumxalq bayrami sifatida keng nishonlamoqdamiz.

     Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmoq millatning ruhini yo‘qotmoqdir” deb bejizga ta’kidlamaganlar.

    Shu qatorida shuni aytib o‘tish lozimki, hozirgi vaqtda yer yuzida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni qariyb 50 million kishini tashkil etishi,0  uning dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi.

   Bugungi kunda dunyo bo‘yicha 7 mingdan ortiq til mavjud bo‘lib, shundan 200 ga yaqini davlat tili maqomini olgan. Xuddi shunday bizning o‘zbek tiliga ham davlat tili maqomining berilishi ulkan faxrdir.

    Ona tili shunchaki so‘zlashuv vositasi emas, balki Vatanga muhabbat, milliy iftixor, ajdodlarga hurmat va shuning barobarida avlodlarimizga izzat ramzi hamdir. O‘z tilini asrab-avaylagan xalq o‘zligini ham asrab-avaylagan bo‘ladi.

 

 

Nodira ESHCHANOVA,

Qo‘shko‘pir tumani hokimining

 til masalalari bo‘yicha maslahatchisi


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари