Xorijda mehnat qilayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot qilindi
Tuman hokimi Shuhrat Axmedov xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida yoshlardan turli masalalarda, xususan, tadbirkorlik imtiyozlaridan foydalanish, kredit olish, uy-joy, subsidiya, bandlik masalalarida murojaat va takliflar kelib tushdi. Tuman hokimi har bir murojaat shaxsan o‘zining nazoratida ekanligini, ko‘tarilgan masalalar qonun doirasida ijobiy hal etilishini ta’kidladi.
Shuningdek, xorijda ishlab va o‘qib yurgan yoshlar bilan bu kabi onlayn muloqotlar tez-tez tashkil etilishi belgilandi.