YUNESKO vakillari Qo‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejida bo‘ldi
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbekiston qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini oshirish" loyihasi doirasida, YUNESKO texnikumlarni qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohalarida ilg‘or kasblar uchun zarur bo‘lgan malakalarni o‘rgatish maqsadida muhim resurslar bilan ta'minladi.
Shu munosabat bilan 12-noyabr kuni YUNESKO vakillari Qo‘shko‘pir suv xo‘jaligi va melioratsiya kollejiga keldi va loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Qo‘shko‘pir tumani hokimligi matbuot xizmati