Yig‘ilish

Bugun Qo‘shko‘pir tumanida tashqi migratsiyada yurgan fuqarolar bilan tizimli ishlash yuzasidan zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan tumanga berkitilgan vakil J.Dehqonov, H.Xayitboyev, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Matnazarov, tuman hokimi o‘rinbosari H.Ibragimov, tuman IIB birinchi o‘rinbosari M.Matkarimov, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari, tegishli idora-tashkilot vakillari hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.

Yig‘ilishda tashqi migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarini o‘rganish, hal etish hamda tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ravishda ishlar tashkil qilinayotganligi, mahalla yettiligi tomonidan xonadonma-xonadon yurib, xatlov o‘tkazilishi hamda fuqarolar bilan suhbatlashish madaniyati, anketa so‘rovnomalarini to‘ldirish tartibi, shaxsga doir ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va saqlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan me’yorlarga amal qilish to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.


Постни тарқатинг: Email Facebook Google LinkedIn Twitter VK VK

Оммавий сўровнома


Сайт Бўлимлари