Yong‘in-qutqaruv qismi
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi Yong‘in-qutqaruv qismining binosi yangidan qurib bitkazildi.
Bugun ushbu binoning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Bekchanov, Qo‘shko‘pir tumani hokimi Sh.Axmedov, sektor rahbarlari, FVB mas’ul vakillari, huquq-tartibot idoralari xodimlari, mahalla faollari va faxriylar ishtirok qildilar.
Ishtirokchilar binoda yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.