Yoshlar bilan uchrashuv
Bugun tuman prokurori Bobirbek Matrasulov 37-son, 43-son, 14-son, 15-son va 16-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktablaridagi bitiruvchi yoshlar bilan uchrashib, samimiy muloqot olib bordi.
Tuman prokurori yoshlarga mustaqil hayot yo‘lida o‘z munosib o‘rinlarini egallashlari borasida tuman prokuraturasi doimo eng yaqin maslahatchi va ko‘makchi ekanligi, istalgan paytda murojaat qilishlari mumkinligini bildirib, hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab o'tdi.
Bitiruvchi yoshlar ochiq muloqot chog‘ida o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga tuman prokuroridan batafsil javoblar olishdi.