Yoshlar bilan uchrashuv
Bugun Qoʻshkoʻpir tumani hokimi Sh.Axmedov, tuman prokurori B.Matrasulov, tuman IIB boshligʻi Oʻ.Xusainov va hokim o‘rinbosari H.Ibragimov Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida ta’lim olayotgan talaba yoshlar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdilar.Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda soʻzga chiqqanlar bugun yoshlar uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilayotgani va ularning bandligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.Uchrashuvda sektor rahbarlari yoshlar bilan fikr almashib, ularning g‘oya va takliflarini namoyon etishga, qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissasini qo‘shishini aytdilar.Sektor rahbarlari yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitib, ularning shijoatidan mamnun bo‘ldilar. Uchrashuv erkin muloqot tarzda tashkil etildi va yoshlarning qiziqishlarini yana bir karra oshirdi.
Uchrashuv soʻngida talabalarga sektor rahbarlari tomonidan kitoblar sovgʻa qilindi.